Афруз - Kim oladiyo

Длительность: 4:35
Битрейт: 192 kbps
Размер: 4.97 МБ
Дата: 17.08.2025

Текст песни:

Kim oladi-yo shuginani-yo,
Kim oladi-yo shuginani-yo,
Man olaman-o shuginani-yo,
Man olaman-o shuginani-yo,
Ol, olaqol, kel, kelaqol.

Shu kunlarda yuragim boshqacha uryapti,
Ko`zlarim seni ko`rgisi kelyapti.
Xuddi yetishmagandek havo,
Diydoringni sog`intiryapti.

O`zi mani asabim ozgina charchabdi,
Sani yoningda bir pas yurgim kelyapti.
Seni borliging o`zi bir davo, o yorim,
Sog`intiravermasdan kelaqol, kel, kelaqol.

Kim oladi-yo shuginani-yo,
Kim oladi-yo shuginani-yo,
Man olaman-o shuginani-yo,
Man olaman-o shuginani-yo,
Ol, olaqol, kel, kelaqol.

Kechalari negadir uyqim kelmayapti,
She’rlar, ashulalar yozgim kelyapti.
Oshiq bo`ldim parishon xayol, jonim,
Diydoringni ko`rgim kelyapti.

Ey, ba’zan sababsiz kulgim kelyapti,
Yurish-turishlarim o`zgaryapti.
Bu ham mayli uchratganda ne bo`lar seni, o yorim,
To`g`risi aqlim yetmayapti.

Kim oladi-yo shuginani-yo,
Kim oladi-yo shuginani-yo,
Kim oladi-yo shuginani-yo,
Kim oladi-yo shuginani-yo,
Man olaman-o shuginani-yo,
Man olaman-o shuginani-yo,
Ololmaysan-o,
Ololaman-o shuginani-yo.

Похожие треки

00:00 - 00:00